Ijtimoiy himoya
2018 yil yanvar-avgust oylari
2018 yil 11 yanvar kuni 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan institutning sobiq harbiy kafedra xodimlari uchun bayram tadbiri o’tkazildi va bayramga tashrif buyurgan 12 nafar sobiq faxriy xodimlarga bayram sovg’alari taqdim etildi.
2018 yil 6 mart 8 mart Xalqaro xotin qizlar kuni bayrami munosabati bilan institutning 110 nafar xotin-qiz xodimlari uchun bayram tadbiri o’tkazildi va ularga qimmatbaho sovg’alar berildi. Institut klinikasining 93 nafar ishchi-xodimlariga ularni yozgan arizalariga muvofiq moddiy yordam ko’rsatildi.
2018 yil davomida xodimlarni o’z sog’liqlarini tiklashlashlari uchun «Turon» (1), «Botanika» (1), «Chortoq» (3), «Oqtosh» (3), «Zomin» (2), «Bo’ston» (2), «Chimyon» (2) va 2 nafar xodimning oila a’zolariga jami 16 xodimga Respublikaning dam olish oromgohlari va sihatgohlariga hamda 20 nafar xodimga “Yunusobod suv havzasiga” imtiyozli yo’llanmalar berildi. Bundan tashqari 2018 yil yozgi dam olish mavsumida institut qoshidagi “Shifokor” dam olish oromgohida 216 xodim bepul oilalari bilan o’z sog’liqlarini tikladilar.
ToshPTI xodimlari kasaba uyushmasi qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi (konferenstiyasi ) 2018 yil 13 aprel kuni bo’lib o’tdi. Yig’ilishda kasaba uyushmaning 2264 ta a’zosi nomidan 51 ta delegat ishtirok etdi. Kun tartibida kasaba uyushmaning 2017 yil faoliyati bo’yicha hisoboti tinglandi (ma’ruzachi KU raisi Mannanov A.M.) va 2018-2020 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi va tasdiqlandi.
2018 yil 7 may kuni ”9 may Xotira va kadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi va 14 ta faxriylariga bayram sovg’alari berildi.
2018 yil 15 aprel kuni “Istiqlol san’at saroyi” da bo’lib o’tgan “Go’zalsan, betakrorsan Ona Vatanim” nomli konstert dasturiga Respublika «Ona va bola skrining markazi» va Klinika xodimlariga jami 63 ta xodimga bepul chiptalar tarqatildi.
2018 yil 6 mayda Klinikani 39 nafar xodimiga Samarqand shahriga imtiyozli narxlarda 1 kunlik sayohat uyushtirildi.
2018 yil 11-12 may kuni Klinikaning 30 nafar xodimiga “Hamshiralar kuni” munosabati bilan “Alisher Navoiy” nomidagi kinochilar uyida o’tkazilgan tadbirga yo’llanmalar berildi.
2018 yil “1 iyun Bolalarni ximoya kilish kuni” munosabati bilan Klinika xodimlarining farzandlari uchun “Turkiston saroyiga” 300 ta bepul chipta taqdim etildi.