PROFESSOR SULTAN AMINOVICH DOLIMOV XAYOTI
Professor Sultan Aminovich Dolimov atoqli olim, talabchan murabbiy, O’rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya instituti tashkilotchilaridan biri, 1915 yil 5 mayda Toshkent shaxarda ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.
1932 yilda 7-o’rta maktabni tugatib, ToshDavTI ga o’qishga qabul qilinadi va 1937-yili imtiyozli diplom bilan institutni tugatgan. Ushbu imtiyoz bilan Xirurgiya kafedrasida aspirant bo’lib qolishga tavsiya berilishiga qaramasdan o’z ustida ishlash va malakasini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatida 1939-yilgacha viloyat kasalxonasida Jarroxlik bo’limi mudiri va bosh shifokor lavozimlarida ishlagan.
1939-1941 yillarda ToshDavTIning Operativ xirurgiya kafedrasi aspiranti bo’lib professor B.A.Stekolnikov boshchiligida ilmiy izlanish boshlaydi va qo’l-oyoq soxasidagi qon tomirlari shikastlanishida jarroxlik yo’li bilan davolash usullarini o’rgangan. Ilmiy izlanish II-Jaxon urishiga to’g’ri keldi va o’z xoxishi bilan frontga, aloxida o’qchi batalyonining tibbiyot-sanitariya rotasi tarkibiga keldi. Shu sharoitda muvaffaqiyatli operatsiyalar o’tgazgan.
1945-yilning oxirida urish tugagach Toshkentga qaytadi va ToshDavTI operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasida ilmiy-izlanish faoliyatini davom ettirib, frontdagi kuzatishlarini fanga tadbiq etadi.
1947-yilda Eksperimental izlanishlar orqali "Qo’l-oyoq soxasidagi yirik arterial qon tomirlarini bog’lashda bir xil venalarni bog’lashning axamiyati" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.
1940-1960-yillar ichida kafedra dotsenti, davolash fakulteti dekani muovini, fakultet dekani, so’ngra o’quv ishlari bo’yicha prorektor va shu bilan birga ToshDavTI qoshidagi Respublika kasalxonasini boshqargan.
Katta axamiyatga ega bo’lgan "Eksperimental oshqozon yarasi xosil bo’lishining patomorfologik xususiyatlari va operatsiya uslubini takomillashtirish" mavzusi bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1971- yilda xozirgi ToshPTI tashkiliy qo’mitasini boshqardi va institut tashkil etilgan sanadan boshlab o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan.
1972-yilda Bolalar yuqimli kasalliklari bo’limlarining "boks" xonalari o’rnida shanba va dam olish kunlari u kishining boshchiligida ishlab xozirgi 5,6- maruza zallarini barpo etgan.
S.A.Dolimov raxbarligida 12 nafar fan nomzodlari yetishib chiqdi. Mexnat faoliyati davomida 105 ta ilmiy maqollarni chop ettirdi, tibbiyot oligoxlari talabalariga mo’ljallangan 3 ta o’quv adabiyoti yaratgan 2 ta ixtiro muallifi bo’lgan. O’z xizmatlari uchun "Sog’liqni saqlash alochisi", "O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach", "O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi" nishoni va unvoniga loyiq deb topilgan.