Bo`linma haqida

Klinik ordinatura bo’limining faoliyati “Ta’lim to’g’risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va me’yoriy huquqiy hujjatlarga asosida olib boriladi. Bu”lim Oliy tibbiy ta’lim ko’p bosqichli tizimining qismi bo’lib, uning vazifalariga Sog’liqni saqlash muasassalarida mustaqil faoliyat yurituvchi yuqori malakali mutahasisslarni tayyorlash kiradi. Hozirda ToshPTIda klinik ordinatorlarni tayyorlash 23 mutahasissliklar bo’yicha zamonaviy tashhislash va davolash usullarini qo’llaydigan zamonaviy jihozlangan klinikalarda joylashgan 23 ta kafedrada olib boriladi. Klinik ordinatorlarni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim standartlari asosida institut va mahsus ilmiy tekshirish markazlar etakchi mutahasisslari o’z hissalarini qo’shadilar. Klinik ordinaturada o”qish muddati 2 yil. Klinik ordinatorlarni o’qitish va maxsus tayyorgarligi etakchi tibbiyot klinikalarida: ToshPTI klinikasi, Pediatriya Pespublika maxsus ilmiy amaliy tekshitish tibbiy markazi, Akusherlik va ginekologiya Pespublika maxsus ilmiy amaliy tekshitish tibbiy markazi, Endokrinologiya Pespublika maxsus ilmiy amaliy tekshitish tibbiy markazi, Travmatologiya va ortopediya Pespublika maxsus ilmiy amaliy tekshitish tibbiy markazi, Teri va tanosil kasalliklari Pespublika maxsus ilmiy amaliy tekshitish tibbiy markazi va x.o.larda amalga oshiriladi.

Xozirgi kunda klinik ordinaturada 27 ta mutaxassislik yo’nalishlarida 166 ta talabalar ta’lim olmoqda.

1.  Neonatologiya 
2.  Pediatriya 
3.  Gematologiya 
4.  Endokrinalogiya 
5.  Otorinolaringologiya  
6.  Yuqumli kasalliklar 
7.  Ftiziatriya 
8.  Oftalmalogiya  
9.  Dermatovenerologiya  
10. Psixiatriya  
11. Narkologiya  
12. Klinikradiologiya  
13. Bolalar asabkasalliklari 
14  Asab kasalliklari  
15. Travmatologiya va ortapediya  
16. Bolalar xirurgiya  
17. Akusherlik va ginekologiya  
18. Bolalar va o’smirqizlar genikalogiyasi 
19. Bolalar anesteziologiyasi 
20. Terapiya 
21  Kardiologiya 
22. Onkologiya 
23. Shoshilinch tibbiy yordam  
24. Bolalar yuqumli kasalliklari 
26. Sport tibbiyoti  
27. Neyroxirurgiya