Istiqboldagi ilmiy izlanishlar Toshptida
Toshptining istiqboldagi ilmiy yo'nalishlar O’zbekistondagi fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy dolzarb yo'nalishlariga mos kelmoqda va quyidagi vazifalarni yechishga yo'naltirilgan:
Odam organizmida patologik sharoitlarning genetik polimorfizmi vaboshqa omillarini aniqlash asosida kasalliklarni differentsial terapiyasiva yangi davolash usullarini ishlab chiqish;
Homiladorlik va tug'ish patologiyalari, bolalar va kattalarda ijtimoiy ahamiyatgaega yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning patologikalomatlarini preklinik va erta bosqichlarda oldindan aniqlash maqsadida skrining diagnostika usullarini yaratish;
Yangi tibbiy va tashxis uskunalarning turlarini (vositalar, qurilmalar, uskunalar, test tizimlari va boshqalar) va biologik implantlarni,shuningdek noinvaziv yoki minimal invaziv usullardan foydalanish uchun yangi texnologiyalarini yaratish;
Organizmning individual reaktivligi (genetik, immunologik, biokimyoviyva boshqa) va rezistentligini hisobga olgan holda inson salomatligigaekologik, ishlab chiqarish, alimentar va meteo-bog'liq omillarning salbiyoqibatlarini prognozlash va oldini olish tizimlarini ishlab chiqish;
Reproduktiv va klimakterik davrdagi ayollarning hamda jismoniy tarbiyava sport bilan shug'ullanuvchi bolalar va o'smirlarning salomatligini muhofaza qilish uchun samarali texnologiyalarni ishlab chiqish;
Sog'liqni saqlash sohasida davolash-tashxislash jarayonlarniboshqarishda foydalanish uchun yagona axborot texnologiyasi tiziminiva elektron hujjat tarmoqlarini yaratish;
Axborot texnologiyalari, bashoratli va matematik modellashtirishyordamida profilaktik sog'liqni saqlash modeliga o'tish ilmiy asoslariniishlab chiqish, nazorat va o'qitish yo'llarini takomillashtirish.