“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi sayti ishga tushdi

Noyabr oyida test sinov tartibida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi www.egovernment.uz o’zining rasmiy veb-sahifasini ishga tushirdi.

12

Sayt 3 tilda:o’zbek, rus va ingiliz tillarida faoliyat yuritadi. Ingliz tilidagi sahifalari hali to’liq ishga tushirilmagan.

Government-to-Citizen — G2C (Mamlakat -fuqarolarga)­­­­­­­­ – bo’limida Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida pedagogik kadrlarga berilgan malaka toifasi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha axborotlar taqdim etish.

Government-to-Business — G2B (Davlat - Tadbirkorlikka)- bu davlat va tadbirkorlarning hamkorlikdagi qog’ozli hujjat almashtirishni qo’llamagan holda o‘zaro kelishuvlarini, shuningdek, zarur ma’lumotlarni to’plash va ishlab chiqish jarayonini tezlashtirishdir. Natijada esa davlat tashkilotlari tijorat tashkilotlaridagi sheriklariga taklif etilayotgan o’z xizmatlarining integral tizimini yaratishlariga keng yo’l ochib beradi. Bunda davlat tashkilotlarining xarajatlari texnologiyalardan samarali foydalanish, davlat tomonidan sotib olingan tizimlarning ochiq va shaffofligi tufayli xarajatlar kamayadi.

Government-to-Government — G2G (Hukumat bilan aloqa) – bu hukumat tashkilotlari bilan o’zaro aloqa bo’lib, u yordamida  davlat tashkilotlari bilan ichki va tashqi aloqalarni mukamallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlarni qulay va tezkor tamoyiliga binoan yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa ortiqcha xarajatlarning oldini olib, ishlab chiqarishdagi vaqtni tejab ish samaradorligini, xodimlarning ishga bo’lgan layoqatini  oshiradi. Bu elektron hukumatning asosini tashkil etib,  davlat tashkilotlarining barchasini  birlashtiradi hamda uning doirasida mamlakat hududidagi hamma fuqarolar, tashkilotlar to’g’risidagi ma’lumotlari birlashtiriladi va shu asosida ular tahlil qilinadi.

Veb-sahifa O’zbekiston davlat organlarining zamonaviy talablariga javob beradi, Mobil versiyasi ham mavjud. Veb-sahifada barcha yo’nalishlar bo’yicha normativ hujjatlar mavjud.