«Google Translate» onlayn tarjima xizmatida o’zbek tili paydo bo’ldi.
Endi ushbu xizmat orqali o’zbek tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan o’zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud, deb yozadi iLike blogi.
Hozircha o’zbek tili faqat veb-versiyada mavjud bo’lib, xizmatda lotin alifbosidan foydalaniladi.
Xabarlarga ko’ra, «Google Translate» xizmatining rivoji uchun ko’ngillilarni jalb qilish va yaqin orada xizmatga o’zbek tili ham kiritilishi borasida 2014 yilning yanvar oyida ma’lum qilingan.
Ayni paytda ushbu xizmat foydalanuvchilari tomonidan uning ayrim kamchiliklardan xoli emasligi, katta hajmdagi matnlar tarjimasida jumla tuzilishi bilan bog'liq xatolar mavjudligi aytilmoqda.
Манба:uz24.uz