Toshkentda o’quvchilarni dars vaqtida internet-kafeda bo’lishi ta’qiqlandi

Toshkentda o’quvchilarni dars vaqtida internet-kafeda bo’lishi ta’qiqlandi

Maktab, kollej va litsey o’quvchilarini dars paytida yoki tungi vaqtlarda internet-kafelarda bo’lishligini ta’qiqlandi.

child_komp

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Toshkent hokimi Rahimbek Usmonovning ushbu loyihasi joylashtirilgan.

O’rta, o’rta maxsus va professional o’quv yurtlari o’quvchilari dars paytida yoki tungi vaqtlarda internet-kafelarda voyaga yetmagan shaxslarning  ota-onasidan biri yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz borishi qonun bilan ta’qiqlanadi.

Bundan tashqari o’quvchilarga ma’naviy-ahloqiy hislatlarni buzuvchi, shafqatsizlik va pornografik,shuningdek reaktsion-sektant, sohta diniy mafkurani targ’ib qiluvchi, atrofdigilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo’lgan, ko’rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarni namoyish qilinishi va tarqalishini oldini olish bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlari olib boriladi. Kompyuter zallarining rahbar va ma’sul shaxslari behayolik, jangarilik, qo’poruvchilik, diniy ekstrimizm, millatchilik, qimor va ma’naviyatga zid bo’lgan mazmundagi film, o’yin, ma’lumotlarni kompyuter zallarida namoyish etilishi ta’qiqlanadi.

Kompyuter zallarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, videokuzatuv kameralari o’rnatiladi.