Xitoyda 1- martdan boshlab internetga faqat haqiqiy ism bilan kirish mumkin bo’ladi

Xitoyda internet-foydalanuvchilarning qayd qilish yozuvlarini olib borishni tartibga solish va tarmoqdagi axborotni kuchliroq nazorat qilishni nazarda tutuvchi yangi qoidalar joriy qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” nashriga asoslanib, KUN.UZ xabar beradi.

“Akkauntlarning o’n qoidasi” Xitoyda 4 fevraldayoq chop etilgan edi. Bu qoidalar 1 martdan boshlab internetda xorijiy davlatlar rahbarlari, mashhur insonlar nomlari va boshqa o’ylab topilgan nomlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi. Shu tariqa, 1 martdan boshlab xitoylik foydalanuvchilar internetda ro’yxatdan o’tganida, o’z ism-shariflarini ko’rsatishi lozim bo’ladi.

Yangi qoidalarga ko’ra, avatarlar ҳamda davlat va jamiyatga zarar keltiruvchi istalgan axborotdan foydalanish man qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatning diniy siyosatiga putur yetkazuvchi va millatlaro adovatga undovchi ma’lumotlarni tarqatish ham noqonuniy ҳisoblanadi. Pornografik, ekstremistik yo’nalishdagi materiallarni tarqatish, qimor o’yinlari, fohishabozlik va boshqa zararli odatlarni targ'ib qilish ta’qiqlanadi.

Bu qoida chop etilganidan keyin Xitoydagi internet-kompaniyalar qayd qilish yozuvlarini tartibga solishni boshlashgan. Kompaniyalarning bunday “o’z o’zini tekshirishlari”ni hukumat “ijobiy holat” deb baholadi.