"O’ZBEKTELEKOM" IP/MPLS TARMOG’I TEZLIGINI 100 GBIT/SONIYaGA KO’TARADI
"O’zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda "TShTT" filiali IP/MPLS tarmog’ini modernizatsiya qilish bo’yicha ishlarni amalga oshirdi.
UzReport ning xabariga ko’ra, DWDM yangi transport tarmog’i bazasida tezlik magistral darajada 100 Gbit/soniyagacha ko’tarildi.
Yangi tarmoq Toshkent shahrining barcha tumanlarini yuqori tezlikdagi optik kanallar bilan birlashtirdi. Bu O’zbekiston Respublikasida 100 Gbit/soniyagacha tezlikda ishlaydigan dastlabki IP/MPLS tarmog’i ekanini ta’kidlash lozim. Mazkur loyiha ma’lumotlar uzatish magistral tarmog’ining o’tkazish qobiliyatini o’n martadan ortiq kengaytirdi, bu Toshkent shahri foydalanuvchilarining turli xizmatlarga ishonchli va yuqori sifatli ulanishini ta’minlaydi. Ushu yuqori tezlikdagi Internet, video telefoniya, IP-TV, Telecom TV, HDTV-kanallarni tomosha qilish va boshqa shu kabi konvergent xizmatlarni taqdim etishni rivojlantirish imkonini beradi. IPG MPLS tarmog’i bazasida boshqa loyihalar ham amalga oshiriladi, xususan:
- O’zbekiston mobil aloqasi milliy operatori uchun − UzMobile GSM tarmog’ini qurish;
- FTTx texnologiyasi bo’yicha passiv optik tarmog’ini qurish;
- FTTB texnologiyasi bo’yicha optik ulanish tarmog’ini kengaytirish.