UZMOBILE GSM tarmog‘i 10-aprel kuni ishga tushiriladi!
2015-yil 10-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UZMOBILE GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi amalga oshiriladi.
2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.