Parlament a’zolari YaNGILANGAN «ELEKTRON TIJORAT TO’G’RISIDA»GI QONUN LOYIHASINI MUHOKAMA ETIShDI
15-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar ijtimoiy-iqtisodiy sohani takomillashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko’rib chiqishdi.
Parlamentariylar ishni yangi tahrirdagi «Elektron tijorat to’g’risida»gi ikkinchi o’qishdagi qonun loyihasi muhokamasidan boshladi. Ekspertlar va jamoat vakillaridan kelib tushgan takliflar asosida, dunyoning rivojlangan davlatlaridagi qonunchilikni hisobga olgan holda, qonun loyihasi takomillashtirildi.
Qabul qilinayotgan qonun loyihasi tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish, elektron tijorat rivojlanishiga yordam berish, bitimlar tuzish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini o’rnatishga imkon beradi.
Deputatlar shuningdek, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiyasi haqidagi qonun loyihalarini ham muhokama etishdi.