O'zbekiston aholisi internetga ulanish bo'yicha 130-o'rinni egalladi

BMTning keng polosali aloqasi bo'yicha maxsus komissiyasi butun dunyoda bo'yicha keng polosali internetga ulanish bo'yicha hisobot tayyorladi va mos reyting tuzdi. Bu reytingda O'zbekiston 190 ta davlat ichidan 130-o'rinni egalladi.

Mutaxassislarning fikricha, 10,5 foiz o'zbekistonlik tezkor internet bilan o'z uyidan turib foydalanadi. Shu bilan birga O'zbekistonning 44 foiz aholisi tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega.

Bu reytingning 1-o'riniga Islandiya qo'yildi. Bu erda internetga ulanish darajasi 98,2 foizni tashkil qiladi. Oxirgi o'ringa esa Shimoliy Koreya qo'yildi.

Hisobotni tuzuvchilar “boy davlatlarda internetga ulanish o'zining yuqori chegarasiga yaqin turgani, biroq uning o'sish sur'atlari rivojlanayotgan mamlakatlardagi milliardlab aholi undan foydalana olishi uchun unchalik kattamas” degan xulosaga kelmoqdalar.

O'zbekiston hukumati internetga ulanish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda foydalanuvchilarning ko'pi internetga mobil qurilma orqali kiradi. O'zbekistonning yirik uyali aloqa operatorlari 2020 yilgacha o'zlarining bazaviy stantsiyalari sonini 6 minggacha etkazmoqchilar va bu simsiz aloqaning sifati va tezligining yaxshilanishiga olib keladi.