Kompaniya 2015-2016 yillarda Samarqand, Buxoro va Toshkent shahrida Wi-Fi hududlarini ishga tushiradi.
Mazkur loyiha O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O’zbektelekom» AK, «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda «O’zbektelekom» AK Wi-Fi tarmog’iga ulanish qoplama hududi quyidagi 27 ta ob’ektda mavjud:
· Xorazm viloyati: Muzey "Ichan Qal’a", Urganch shahri aeroporti, Urganch shahri Markaziy temir yo’l vokzali;
· Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo’l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahri O’lkashunoslik muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Dorus-Saodat” majmuasi, “OQsaroy” majmuasi, “Ko’k gumbaz” majmuasi, Amir Timur muzeyi;
· Surxondaryo viloyati: Termiz shahri aeroporti va temir yo’l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “At Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi,;
· Toshkent viloyati: “Chinaras” restorani, “Xumsonli ” dam olish zonasi, “Archazor” dam olish zonasi, “Xo’jakent” dam olish zonasi, “Yangiobod Chotqol Marvariti” dam olish zonasi, “Kumushkon” dam olish zonasi, "Gornyak" MTMK dam olish zonasi, "Kichik Chimyon" dam olish zonasi, Chimyon osma o’rindiqli yo’l.
Tarif rejasiga muvofiq, Internetga ulanish tezligi 4 Mbit/s foydalanuvchilarga besh turli 4500dan 25000 so’mgacha nominalli, 150dan 2500 Mbaytgacha kiritilgan trafigi hajmi bilan kartochkalar taqdim etiladi. Tarmoq trafigi hajmiga Internet va «Tas-IX» kiritilgan. Kartochka faollashtirilganidan so’ng 30 kun amal qiladi.
Ob’ektlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilgan:
· Buxoro viloyati: Buxoro shahri aeroporti, temir yo’l vokzali, «Poyi Kalon» majmuasi, «Labi hovuz» ansambli, «Toki Sarrofon» majmuasi, «Toki Telpakfurushon» majmuasi, «Toki Telpakfurushon» majmuasi, «Toki Zargaron» majmuasi, "Abu Ali ibn Sino" saylgohi, "Ark" Qal’asi, "Sitorai Mohihosa" saroyi, «Bahovuddin Naqshbandiy» maqbarasi;
· Samarqand viloyati: Samarqand aeroporti va vokzali, "Siyob" bozori, "Afrosiyob" muzeyi, Amir Temur maqbarasi, "Registon" maydoni, "Shohi Zinda" ansambli, "Imom al Buxoriy" majmuasi, «Bibixonim» madrasasi, «Xoja Doniyor» maQbarasi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, O’zbekiston tarixi va madaniyati muzeyi, «Xo’ja Ahror Vali» majmuasi, «Hazrati Xizr» madrasasi;
· Toshkent shahri: «Amir Temur» maydoni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Davlat amaliy san’at muzeyi, Toshkent aeroporti va vokzali, O’zbekiston davlat tarixi muzeyi, hayvonot bog’i, Alisher Navoiy nomidagi DAKT, Mirzo Ulug’bek nomli istirohat bog’i, G’afur G’ulom nomli istirohat bog’i va to’rtta restoran.
Umumiy hisobda O’zbekistonning tarixiy va madaniy merosi va turistik jihatdan faol 40 dan ortiq ob’ekt Internetga yuqori tezlikda simsiz ulanish bilan qamrab olinadi.
Bugungi kunda «O’zbektelekom» AK tomonidan Wi-Fi texnologiyasi bo’yicha Internet tarmog’iga ulanishni taqdim etuvchi uskunalarni barcha montaj va sozlash ishlari yakuniga etdi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to’lovli kartalar chiqarildi.
Foydalanuvchilar Wi-Fi tarmog’iga bir karta yordamida «O’zbektelekom» AK Wi-Fi tarmog’i mavjud bo’lgan barcha ob’ektlarda Internet xizmatidan foydalana olishlari mumkin. Agar abonent, masalan, kartani Xivada sotib olgan bo’lsa, undan Termizda ham, Qarshi va Shahrisabzda hamda boshqa joylarda ham foydalanishi mumkin.
O’zbekistonning butun hududi bo’ylab Wi-Fi tarmog’ini kengaytirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi kompaniyaning axborot xizmati.