Axborot xavfsizligiga bag’ishlangan Respublika seminariga taklifnoma

2015 yil 28 oktyabr kuni aloqa tarixi muzeyida «Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni hal qilish yo’llari» mavzuidagi Respublika seminari bo’lib o’tadi

“Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi muammolari” ilmiy jihatdan axborot xavfsizligi sohasidagi nazariy va amaliy muammolar, ularni hal etish usullari va vositalari  masalalariga bag’ishlanadi.

Tashkilotchilar: O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarni rivojlantirish vazirligi; “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi; Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi. 

Seminarning maqsadi va vazifalari  - axborot xavfsizligi muammolarini hal qilish yo’llari va axborot xavfsizligini ta’minlashda kriptografik usullarning ahamiyatini muhokama etish va chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.

Sizlarni seminarda quyidagi yo’nalishlarda o’z ma’ruzalaringiz  bilan ishtirok etishga taklif etamiz:

 - axborot xavfsizligi bo’yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

- axborot xavfsizligi sohasida standartlarning roli va ularni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish yo’llari;

- korxona va tashkilotlarning xavfsizlik siyosati;

- mobil aloqa tarmoqlarining axborot xavfsizligi;

- axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari; 

- axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari;

- O’zbekiston Respublikasida ochiq kalitlar infratuzilmasini rivojlantirishning dolzarbligi;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida  elektron hujjat almashinuvining axborot xavfsizligini  ta’minlash bo’yicha talablar;

 - axborotni kriptografik himoyalashning zamonaviy  algoritmlariga talablar; 

 - axborotni kriptografik himoyalashning apparat va dasturiy ta’minotli vositalari qo’llanilishining asosiy yo’nalishlarining tahlili;

- milliy kriptografik tizimlar va ularning imkoniyatlari;

- axborotni himoya qilishning samarali vositalarini ishlab chiqish va boshqalar. 

Ma’ruza va tezislarini 2015 yil 20 oktyabrga qadar taqdim etishingizni so’raymiz. Ma’ruza va tezislar matni elektron ko’rinishda d_djamatova@unicon.uz va s.sabohat_mz@unicon.uz elektron pochtalarga yuborilishi kerak. 

Seminarda ishtirok etishni xohlovchilar registrastiya formasini to’ldirib,  uni xatga ilova qilib, elektron ko’rinishda d_djamatova@unicon.uz  va s.sabohat_mz@unicon.uz elektron pochtalarga yuborishingiz kerak.