Uzonline internet sifatining yomonlashishi 30 noyabrga qadar uzaydi
31 oktyabr kuni Uzonline o’z saytida Internet xizmatlari sifati pasayishi mumkinligini e’lon qildi.
"O’zbektelekom" AK hamkorlari tarmog'ida ishlar olib borilishi munosabati bilan 2015 yil 30 noyabrga qadar taqdim etilayotgan Internet xizmatlari sifati pasayshi mumkin”, deyiladi e’londa. Kompaniya vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so’ragan.
Eslatib o’tamiz, shu yilning 30 oktyabr kuni ham kompaniya saytida noyabr oyiga qadar internet sifati yomonlashishi mumkinligi abonentlarga xabar qilingan edi.