O’zbekistonda internet tezligi 20 barobarga oshiriladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yilgacha O’zbekistonda ma’lumotlar uzatish tezligini 20 barobarga oshirishni rejalashtirgan.

Mazkur jarayon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-2019 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining manzilli rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Vazirlik axborot xizmatining xabariga ko’ra, dastur o’zida umumiy summasi 883,7 mln dollardan iborat 9 ta yirik investistiya loyihalarini jamlagan.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida quyidagilar ko’zda tutilgan:

  • · keng polosali ulanish portlari sonini 2,2 marta oshirish;
  • · ma’lumotlar uzatish tezligini 20 martaga oshirish;
  • · 20 dan ortiq yangi xizmat turlarini joriy etish, jumladan, IP-televideniya, IP-telefoniya va boshqa xizmatlarni yanada rivojlantirish.