"O’zbektelekom" AK 4 dekabrdan O’zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 177,23 dollargacha pasaytirganini ma’lum qiladi.
Eslatib o’tamiz, tariflar bundan oldin ham bir necha marta: 1 yanvardan 259,29 dollargacha (1 Mbit/s uchun), 7 yanvardan 257,42 dollar, 8 yanvardan 253,74 dollar, 22 yanvardan 251,94 dollar, 27 fevraldan 240,2 dollar, 17 martdan 233,27 dollar, 2 iyundan 219,01 dollar, 11 iyundan 206,97 dollar, 1 iyuldan 205,12 dollar va 22 iyuldan 204,01 dollar, 3 avgustdan 202,9 dollar, 1 oktyabrdan 201 dollar, 9 oktyabrdan 199 dollar, 1 dekabrdan 190 dollar, 2 dekabrdan 185 dollargacha arzonlashtirilgan edi.
Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar beradi.