"O'zbektelekom" 5 fevralga qadar internet yaxshi ishlamasligi haqida ogohlantirdi

"O'zbektelekom" AK bir oy davomida, 2016 yilning 5 yanvaridan 5 fevraligacha bo'lgan muddat mobaynida taqdim etiladigan internet xizmatlarining sifati yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

"Kompaniya bir oy davomida hamkorlar tarmoqlarida profilaktika ishlarini olib boradi, shu bois mamlakat hududida internet faoliyatida ma'lum to'xtashlar ro'y berishi mumkin", deyiladi “O'zbektelekom” saytida.

“O'zbektelekom” Aktsiyadorlik kompaniyasi o'z tarmog'i bilan O'zbekiston Respublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan telekommunikatsiya tarmog'idan foydalanib, kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlari kanallarini ijaraga berish; xalqaro va shaharlararo aloqa; ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etish; internetga ulanish, videokonferensaloqa va boshqalar.

Bundan tashqari, kompaniya davlat tuzilmalari va idoralari uchun eng katta telekommunikatsiya xizmatlari etkazib beruvchi hisoblanadi.