Axborot ma’lumotlari almashuvi bugungi kunda barchaning hayotida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyatning shartlaridan biri, ma’lumotlardan har erda va qulay foydalanish, shu jumladan internetdan ham foydalanish hisoblanadi.
Simsiz aloqa texnologiyalari keng jamoatchilik joylarida internet tarmog‘iga ulanishda o‘z o‘rnini topmoqda jumladan, savdo markazlari, kafelar, restoranlar, mexmonxonalar va xakazo. Ushbu texnologiyalar jamoat transportlarini xam chetlab o‘tmayapti. Toshkent shahrida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida sinov tariqasida shaxar avtobuslarida simsiz ma’lumot uzatish orqali internet tarmoqlariga ulanmoqda uzatilmoqda. 2016 yil 3 fevral kuni avtobus yo‘nalishlaridan biriga simsiz internet ishga tushirildi va yaqun kunlardan boshqa yo‘nalishlarga ham tushuriladi.
Ushbu imkoniyatlarni nafaqat shaxar jamoat transportlarida (tramvay, metro), shuningdek, poyezd va shaxarlararo poyezdlarda xam izchil joriy etish zarur ekanligini ta’kidlash lozim. Bu mobil aloqa tarmoqlarini yengillashtirish imkonini yaratadi va natijada foydalanuvchiga taqdim etilayotgan xizmat yaxshilanadi. Bu katta masofalarni qoplash va yuqori tezlikda ulanish mumkin bo‘lgan 4G LTE texnologiyasiga asoslangan zamonaviy internet, joriy qilish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga 4G LTE texnologiyasini rivojlantirishda DUK “Elektromagnit moslashuv markazi” xodimlari o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda. DUK EMMM 4G LTE tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq murojatlarni ko‘plap qabul qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yuqorida ko‘rsatilgan texnologiyalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Keng polosali tarmoq infratuzulmasini texnologik rivojlantirish, global tendentsiyalarni xisobga olgan xolda va zamonaviy texnologik jihozlardan foydalanish orqali bardoshlik, xavfsizligini va keng qamrovini oshirish lozim.