Qrator Labs kompaniyasi tadqiqot asosida internetning milliy segmentlari orasida ehtimoliy nosozliklarga bardosh berish darajasi bo'yicha ro'yxatni tuzib chiqdi.
Ushbu ro'yxatga ko'ra, O'zbekistondagi internet eng beqarorlardan biri sifatida e'tirof etilgan. Mabodo, mamlakatdagi eng yirik internet operatori «O'zbektelekom» faoliyatida nosozlik kuzatilgudek bo'lsa, O'zbekiston milliy segmentidagi 97,32 foiz tarmoq "saf"dan chiqadi, deyiladi Qrator Labs hisobotida.
Shunga o'xshash muammolar, Suriyada 94,7 foiz, Turkmanistonda 90,4 foiz mahalliy segmentdagi tarmoqlarni vaqtincha "xizmat doirasidan tashqari"da holatiga tushiradi.
Kompaniya tadqiqot davomida milliy segmentning mamlakat uchun eng muhim operatorlari nuqtai-nazaridan bardoshini baholagan.
Internet tarmog'idagi uzilishlarga eng chidamli milliy segment bu Buyuk Britaniya segmenti bo'ldi. Misol uchun, Virgin Media operatori tarmog'ida nosozlik yuz berishi natijasida, atigi 3,4 foiz mahalliy tarmoqlardan vaqtincha foydalanib bo'lmaydi.
Ikkinchi o'ringa esa AQSh joylashdi. TATA operatoridagi buzilishlar, 5 foiz mahalliy tarmoq vakillariga ulanish imkonini yo'qqa chiqarar edi.
"Kommersant'" nashri xabariga ko'ra, Rossiya runeti bu ro'yxatda uchinchi bo'ldi.
DDoS-hujumlarini o'rganishga ixtisoslashgan Qrator Labs hisob-kitoblariga ko'ra, Runet "Rostelekom"ga ko'proq yondashadi. Uning faoliyatidagi nosozliklar esa, internetning Rossiya segmentidagi 5,5 foiz tarmoqni vaqtincha safdan chiqishiga olib kelar edi.