«O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2016 yil 21 dekabr kunidan O’zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s uchun (tashqi kanalda) 91,50 ga tushirilganini ma’lum qiladi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, 2016 yilda tariflar o’n ikki marta tushirilgan. Xususan, tariflar 1 Mbit/s uchun 13 yanvardan 156,24 dollargacha, 17 fevraldan 136,34, 1 martdan boshlab 133,62, 2 martdan 115,26 dollarga, 27 apreldan 112,91, 25 iyuldan 111,21 dollargacha, 19 avgustdan 108,31gacha, 22 avgustdan 107,03, 19 sentyabrdan 105,77, 28 oktyabrdan 103,03 gacha va 21 dekabrdan 1 Mbit/s uchun 91,50 dollargacha tushirilgan.
Eslatib o’tamiz, 2015 yilda bu boradagi narxlar o’n yetti marta tushirilgan edi. Ya’ni, 2015 yil yanvar oyida 1 Mbit/s uchun 259,29 dollardan, dekabr oyida 157,60 dollargacha tushirilgandi.