O'zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev hamda Rossiya aloqa va ommaviy kommunikasiyalar vaziri o'rinbosari Aleksey Volin uchrashuvida «Perviy kanal» bilan hamkorlikda telekanal ochish masalasi muhokama qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda Rossiya Federasiyasi prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasiyalar bo'yicha Ishlar boshqarmasi hamda Butun Rossiya televizion va radiouzatish davlat kompaniyasi vakillari, shuningdek Rossiyaning «Rossiya Segodnya» xalqaro axborot agentligi, «Pervыy Kanal», «Rossiya24» telekanallari vakillari ham ishtirok etdi. Tomonlar rossiyalik rejissyorlarni jalb qilgan holda o'zbekistonlik atoqli namoyandalar faoliyati, o'zbek olimlarining jahon taraqqiyotidagi hissasiga bag'ishlangan hujjatli film hamda dasturlar tayyorlash masalasini ham muhokama qildilar. Uchrashuvda ikkitomonlama aloqalarni kengaytirish, jumladan media aloqalarni rivojlantirish, xususan raqamli uzatish, texnoparklar faoliyati, raqamli iqtisodiyot va internet tarmoqlarini tartibga solish, AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va boshqa istiqbolli yo'nalishlarda hamkorlikni o'rnatish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi.
Xususan, Rossiya delegasiyasi vakillari mamlakatning raqamli tezeuzatish tizimiga o'tkazilishi haqida ma'lumot berdilar va mazkur raqamli platformada mobil televidenie faoliyatini yo'lga qo'yish fikrini ilgari surdilar. Shu bilan birga, tomonlar muntazam ravishda davlat organlarining Axborot xizmatlari uchun maxsus forum va seminarlar tashkil qilishni kelishib oldilar, mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan hamkorlikka doimo tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar.