Bo`linma haqida
O’quv-ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish bo’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207 – sonli hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2001 yil 21 sentabrdagi 166 – sonli buyruqlari asosida tashkil etilgan. Bo’lim faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Oliy ta’lim muassasasi nizomi bo’yicha boshqariladi va institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.