“O’quv ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish” bo’limi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining asosiy binosida joylashgan. Bo’limda kompyuter va kompyuter texnikalarini ta’mirlash ishlari to’liq amalga oshiriladi va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. “O’quv ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish” bo’limi zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan. Barcha kompyuterlar Internet tarmog’iga ulangan bo’lib, institut professor o’qituvchilar, talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar o’zlari uchun qulay bo’lgan vaqtda ilmiy ishlari uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni institut elektron kutubxonasi va internet tarmog’idan olishlari mumkin.
Vazirlik tasarrufidagi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ta’limini rivojlantirish markazi aloqa kanallari orqali yagona korporativ tarmoqqa ulangan. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlikning axborot-ta’lim portali doirasida davlat ta’lim standartlari, o’quv jarayonini boshqarish va nazorat qilish tizimini qo’llash, elektron xujjat almashinuv tizimi, o’quv jarayonini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, institutning ichki va tashqi xujjatlarini o’z vaqtida bajarilishini monitoring qilish va tegishli xodimlarning elektron imzosi tashkil etishda “E-hujjat” tizimi ishlashini taminlash ishlari olib boriladi.