Jurnal pediatrlar va bolalar sog’lig’ini saqlashda faoliyat olib borayotgan o’zaro yaqin mutahassisliklar shifokorlari: ilmiy hodimlar, klinik ordinatorlar, o'qituvchilar va bakalavrlar, magistrlar va oliy o’quv yurti talabalarining bilim va malakalarini oshirish uchun ilmiy-amaliy nashr hisoblanadi. Jurnalning ta’sischisi 1996 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti.
Jurnal Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining rasmiy nashri bo’lib, faqat obuna bo’yicha O’zbekistonda tarqatiladi.
Chiqish vaqti uch oyda bir marta, hajmi 130 betgacha, tiraj 1000 nushagacha.
Jurnal OAK dissertasiya ishlari natijalarini nashr qilish uchun tavsiya qilingan etakchi taqrizlanuvchi jurnallar ro’yihatiga kirgan.
Ro’yihatdan o’tgani haqida guvohnoma: №02-19, 29.12.2006y. Toshkent shaxar ahborot va nashr Agentligi tomonidan berilgan.
Jurnal shuningdek halqaro davriy nashr klassifikatorida ham ro’yihatdan o’tgan: ISSN 2091-5039
1. Nashr moliya-ishlab chiqarish faoliyati masalalari bo’yicha hisob beruvchi tizim hisoblangan Toshkent Pediatriya nibbiyot institute organidir.
2. Nashr shtat jadvaliga mos holda tasdiqlangan bosh muharrir, uning muovini, ma’sul kotibi, tahririyat mudiri va texnik hodimlardan tashkil topgan.
3. Nashr o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Davlat nashr ko’mitasi ko’rsatmalari, buyruqlar, amaldagi qonunchilik nashr etuvchi, shuningdek jurnalning redkollegiya qarorlariga amal qiladi.
4. O’z ishida keng mualliflik faoliyatiga tayanadi, hamkorlikka olimlar, vazirlik va idora, ushbu yo’nalish mutahassislarini tortadi.
5. Kelayotgan korrespondesiya hisobini olib boradi, o’quvchilar hatlariga, shuningdek nashr uchun yuborilgan maqola va boshqa materiallar mualliflari hatlariga javob beradi.
6. Jurnal tahririyatida belgilangan tartibda redaksion kollegiya ko’rigiga maqolalarning to’q’ri taqdim etilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.
7. Qo’lyozmalarni taqriz qilish imkon boricha qisqa muddatlarda, alohida holatlarda materialni baholashda yuqori malakali mutahassisni jalb qilish zarur bo’lganda -material redaksiyaga tushgan kundan boshlab uch oydan ortiq bo’lmagan muddatda.
8. Nashrga tavsiya etilgan materiallar bilan tanishadi, ularning muhokamasida qatnashadi, redkollegiya a’zolari orasida turli qarashlar mavjudligida ular haqida o’zining fikrini bildiradi va hayotda qo’llashga erishadi.
9. Nashrni tarqatuvchi va boshqa tashkilotlar, nashriyot va ppoligrafik tashkilot, muassis va nashriyot o’rtasida tuzilgan me’yoriy hujjatlar, tehnik shartlar, belgilangan standartlar, talablarga mos holda materiallarni nashr qilish uchun rasmiylashtirishni amalga oshiradi.
10. Tahririyat taqdim etilgan materialning sifati shunday qaror chiqarishga etarli asos bersa, muallif tomonidan taqdim etilgan materialni qabul qilmaslik va taqrizga yubormaslik huquqiga ega.
Pediatriya №3
Pediatriya jurnal 2017/3 soni PDF
Pediatriya ilmiy-amaliy jurnal 4 soni