“Pediatriya” ilmiy-amaliy jurnali haqida ma’lumot
“Pediatriya” ilmiy-amaliy jurnali bolalar va o’smirlar salomatligini himoya qilish sohasida ishlayotgan pediatrlar va boshqa mutaxassisliklar shifokorlarining malakasi va bilimini oshirish uchun xizmat qiladigan, taqrizdan o’tadigan ilmiy-amaliy jurnal hisoblanadi. U tibbiyotning perinatalogiya va neonatalogiya, yurak-qon tomir tizimi, gastroenterologiya, nefrologiya va urologiya, pulmanologiya va allergologiya, genetika, nevrologiya va boshqa sohalarida bolalik yoshidagi kasalliklarni davolash va tashxislashning zamonaviy yo’nalishlarini aks ettiradi.
Jurnalning eng muxim vazifalari quyidagilar hisoblanadi: tibbiyotning turli sohalarida bolalik yoshidagi kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy yo’nalishlarini yoritish.
“Pediatriya” ilmiy-amaliy jurnali 1996-yildan nashr etiladi. Shu davr davomida ixtisoslashgan notijorat jurnal bo’lib kelmoqda. U Sog’liqni Saqlash tashkilotchilariga, pediatriya soxasida tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan ilmiy hodimlariga, amaliy shifokorlariga, shuningdek tibbiyot institutlarining yuqori kurs talabalari, klinik ordinatorlari va magistrlariga mo’ljallangan.
Jurnal Toshkent shaxri matbuot va ma’lumot agentligida 29- dekabr 2006- yil № 02-009 raqami bilan ro’yxatga olingan.
1996- yildan hozirgi vaqtgacha jurnalning ta’sischisi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti hisoblanadi.
“Pediatriya” ilmiy-amaliy jurnalida chet el mutaxassislarining ishlari ham nashr etiladi. Jurnalda pediatriya muommolariga bag’ishlangan Respublika va xalqaro konferensiyalarning, pediatrlar seyezdining materiallari doimiy nashr qilinadi.