Institutimizdа Ustoz va shogird maktabini shakllantirish maqsadida pediatriya sоhаsidа dolzarb bo‘lgan muammolaridan kelib chiqib barcha teoretik va klinik kafedralarni талабалар ilmiy to‘garaklarda ilmiy mavzular tanlangan. Shu mavzular asosida maqsad va vazifalar belgilab olinadi.
Institutimizda Ustoz va shogird a’nanasiga ko‘ra 2 kursdan boshlab iqtidorli talabaга ilmiy raxbar qilib ustoz belginlanadi. Talaba ilmiy mavzu ustida ustoz nazorati ustida ilmiy izlanadi. Kafedralardagi tashkil etilgan ilmiy to‘garaklar professorlarimiz tomonidan nazorat ostiga olingan. Ustoz va shogird maktabini natijalari bo‘lgan ilmiy izlanishlar kafedralardagi, institutimiz miqyosidagi talabalarning ilmiy anjumanlarida tezislar ва мақолалар ko‘rinishida chop etiladi. Iqtidorli talabani ilmga bo‘lgan qiziqishini ustozi tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirib, tegishli maslaxat va o‘gitlarni berib borilishi kelajakda bilimga qiziquvchan ёшlarni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Shu bugungi kungacha ustoz va shogird maktabida jami 14 ta ilmiy loyihalar va 2 ta xo‘jalik shartnomalari ustidan ishlar olib borilib, ularda 65 ta magistr va 200 ta talabalar, shu jumladan 8 ta doktorantlar jalb etildi. Ularga xorijiy mamlakatlarda maqola, monografiya va ilmiy konferensiyalarda qatnashib, ma’ruzalar qilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.