Bo`lim faoliyatining asosiy yo`nalishlari quydagilardir:
1. Hujjat yuritish bo`yicha Nizomga amal qilishni umumiy nazorat qilish devonxona boshlig`i zimmasiga yuklatilgan.
2. OO`Y da hujjat yuritishni tashkil qilish va takomillashtirish.
3. Yozishmalarni to`g`ri ro`yxatdan va hisobdan o`tkazishni tashkillashtirish.
4. Hujjatlashtirishda tugallangan hujjat materiallaridan foydalanish va saqlashni tashkillashtirish.
Bo`lim faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish:
• Bo`limni boshqarish OO`Y rektori buyurig`i bilan tayinlangan bo`lim boshlig`i tomonidan amalga oshiriladi.
• Bo`limga ishchilar rektor tomonidan bo`lim boshlig`i tavsiyasiga asosan qabul qilinadi.
• Boshliq Institut Nizomi va bo`lim Nizomiga mos holda hamma faoliyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi.
Bo`lim tuzilishi:
Bo`lim 8 shtat birligiga ega, ulardan:
• Boshliq
• Nazoratchi
• Ish yurituvchi
• Nusxalash mashinasi operatori-2
• Kur`yer
• Arxiv mudiri
• Arxiv xodimi
Bo`limning vazifalari:
1. Boshqarish faoliyatini hujjatlashtirish.
2. Kelayotgan yozishmalarni qabul qilish, ro`yxatga olish va jo`natish.
3. Ishlarning shakllanish va ishlarning nomlarini tuzish.
4. Hujjatlarni idora arxiviga topshirish uchun tayyorlash.
5. Yozishmalarni qabul qilish va jo`natish
6. Rahbariyatga yetkazish uchun fuqarolar arizalari va hujjatlarini ro`yxatdan o`tkazish hisoboti va bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borish.
7. OO`Y xodimlarini buyruq hujjatlari bilan tanishtirish.
8. OO`Y rahbariyatga hujjat yaratish va bajarilish nazorati masalalari bo`yicha ma`lumotlar taqdim qilish.
9. Tizimli bo`limlarda hujjat yuritishni tashkil qilish bilan uslubiy yo`riqnoman va uning holatining nazorati.
10. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.1999- y., Qaroriga mos holda arxiv ishlarini tashkillashtirish.
11. Devonxona xodimlarining lavozimi va funksional vazifalarini tuzish hamda malakalarini oshirishni tashkillashtirish.