Bo’lim boshlig’i lavozimi yo’riqnomasi
• O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
• Professor-o’qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
• Moddiy boyliklar va pul mablag’lari inventarizatsiyasini o’z vaqtida o’tkazish ;
• Samarali boshqarish maqsadida bugalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
• Moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
• Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o’z muddatlarida o’tkazish;
• Bankdan olingan pul mablag’larini maqsadli sarflash;
• Dibetorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo’lishining oldini olish;
• Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish;
• Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish;
• Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
• Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o’z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish. Bo’lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buhgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek Toshkent pediatriya tibbiyot institutining moliya-xo’jalik faoliyatiga, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa xujjatlarni bilish;
• Toshkent pediatriya tibbiyot institutida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
• Oliy ma’lumotga ega bo’lishi zarur;
• Bo’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.
Bosh hisobchi muovini lavozimi yo’riqnomasi
• Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bugalteriya faoliyati yo’nalishlaridan biri bo’yicha rahbarlik va ma’sul ijrochisi vazifasini bajarishi, kassaning ishini va kassa operatsiyalarini yuritilishini nazorat qilishi;
• Bank xujjatlarini ishlab chiqish va xarajatlar smetasi ijro etilishini tahlil qilish;
• Ish haqini, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqalari bo’yicha nafaqalar, talabalarga va izlanuvchi stajyo’r tadqiqotchi izlanuvchilarga stipendiyalar to’lanishini nazorat qilish va bunda amaliy yordam berish;
• Kirim-chiqim xujjatlari aylanishini nazorat qilish, kelib tushayotgan pul mablag’lari, tovar moddiy boyliklar va asosiy vositalar, moliya xo’jalik faoliyati natijalari, shuningdek moliya hisob-kitob hisobotini olib borish, pullarning qonuniy o’z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
• Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy fondlar ro’yxatga olinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklar kamomadi va o’g’irlanishi bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashish;
• Pulga aloqador birlamchi hujjatlar va buhgalteriya hisobotlarini o’z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash;
• O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
• Oliy ma’lumotga ega bo’lishi zarur;
• O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.
Hisobchi lavozimi yo’riqnomasi
• Byudjetdan tashqari topilgan mablag’larning hisobotlari va hisob-kitob ishlarini olib borish;
• Institute hodimlar bo’limi tomonidan tayyorlangan buyruqlarni har kuni kuzatib boorish;
• Institut professor-o’qituvchi va ishchi hodimlariga oylik maosh va nafaqa hisoblash;
• Shartnoma asosida o’qiydigan talabalarning kontrakt to’lovlaridan tushadigan mablag’larni hisobga olish;
• Sharnoma bo’yicha o’qiydigan talabalar uchun shartnomalarni tayyorlash;
• O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lishi, ma’suliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga;
• O’rta maxsus ma’lumotiga ega bo’lishi zarur.
• O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan habardor bo’lishi zarur.
G’aznachi lavozimi yo’riqnomasi
• Kassadan naqd pullarni chiqim yoki uning o’rnini bosadigan qaydnomalarga asosan tarqatish;
• Hisobxona tomonidan berilgan ro’yxatlar asosida plastik kartochkalarga pullarni tushirish;
• Plastik kartochkaga yuklash uchun topshirilgan kompyuter va internet modemnomalarini saqlash belgilangan maqsadda ishlatish;
• O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
• O’rta maxsus ma’lumotiga ega bo’lishi zarur.
• O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan habardor bo’lishi zarur.