Bugun Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligida kengaytirilgan tarkibda hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishga Bosh vazir o’rinbosari Aziz Abduhakimov raislik qildi.
Yig’ilishda oliy ta’lim muassasalarining 2019 yil 1 yanvar holatiga reytingi ye’lon qilindi.
Halqaro tajribaga muvofiq takomillashtirilgan indikatorlar asosida joriy yilning fevral-iyun oylarida respublikaning 57 ta oliy ta’lim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilindi va 2019 yil 1 yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi:
1. Gumanitar va iqtisodiy sohada O’zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti etakchi o’rinlarni yegallagan.
Shuningdek, ushbu sohada Toshkent moliya instituti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti avvalgi yilga nisbatan yuqori pog’onalarga ko’tarilgan.
2. Tehnika va qishloq ho’jaligi sohasida Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent ahborot tehnologiyalar universiteti, Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universiteti etakchi o’rinlarni yegalladi.
Ushbu sohada Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti faol harakat qilib milliy reytingda birinchi o’rinni yegalladi. Shuningdek Toshkent davlat agrar universiteti 12-o’rindan 6-o’ringa ko’tarildi.
3. Tibbiyot sohasida Toshkent stomatologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti etakchi o’rinlarni yegalladi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti yesa so’nggi o’rinlarni yegalladi.
Mazkur sohada Buhoro davlat tibbiyot instituti o’tgan yilgi reytingdagi 43-o’rindan yuqoriga ko’tarilib, 16-o’ringa chiqdi.
4. Madaniyat, san’at va sport sohasida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Milliy rassomchilik va dizayn instituti etakchi o’rinlarni yegallashdi. Ushbu OTMlar o’tgan yili yeng ohirgi 10talikka tushgan yedi. Joriy reytingda ushbu oliy ta’lim muassasalari faoliyatida keskin o’zgarish ro’y berib mos ravishda 24- va 29-o’rinlarga chiqib oldi.
Umumiy reytingda O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent ahborot tehnologiyalar universiteti, Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti etakchi o’rinlarni yegallashdi.
Shu bilan birga, ilmiy salohiyati bo’yicha O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat universiteti etakchi o’rinlarda.
Eng ko’p horijiy professor-o’qituvchilar Toshkent tibbiyot akademiyasi, O’zbekiston milliy universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida faoliyat olib bormoqda.
Talabalar bilimi bo’yicha yeng yuqori natijalarni Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Urganch davlat universiteti egalladi.
Eng ko’p ish beruvchilar bahosini to’plagan OTMlarga O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent moliya instituti kiradi.
Ish beruvchilar tomonidan “Bitiruvchilarning bilim darajasi va amaliy ko’nikmasi”ga 72%, “OTMning ish beruvchilar bilan hamkorlik darajasi”ga 65%, “Bitiruvchilarning kelgusida o’sish imkoniyatlari”ga 75%, “OTMlarning kadrlar tayyorlash sifatiga” 69% ijobiy javob berilgan. Shuningdek, 94% ish beruvchilar kelgusida milliy OTMlarimiz bitiruvchilarini ishga qabul qilishini bildirgan.
Kelgusida reyting natijalarini tahlil qilish asosida OTMlarni halqaro reytingga kiritish bo’yicha “yo’l haritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Bunda milliy reytingda dastlabki 10 talikka kirgan OTMlar orasidan kelgusida dunyo reytingiga kiritish mumkin bo’lgan OTMlar haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim yetiladi. Reyting natijalari asosida mahalliy OTMlardan 5 tasini QS, THE kabi halqaro reyting agentliklarining ro’yhatiga kiritish bo’yicha “yo’l haritasi”ni tasdiqlash haqida OO’MTVga taklif beriladi. Bu o’z o’rnida milliy OTMlarimizni dunyo universitetlari reytingiga chiqishiga dastlabki qadam bo’lib hizmat qiladi.