2019 yil 1 avgustdan boshlab Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan 2019/2020 o'quv yili uchun qo'shma o'quv dasturlarida o'qish uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi.
Bakalavriat ta’lim bosqichida 3+3 qo’shma dasturi asosida
- Pediatriya (25 nafar)
- Davolash ishi (25 nafar)
ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi.
Magistratura ta’lim bosqichida 1+1 qo’shma dasturi asosida Sog’liqni saqlashni boshqarish (5 nafar) ta’lim yo’nalishi tashkil etildi.
Qo’shma ta’lim dasturida o’quv jarayonlari rus tilida, to’lov-kontrakt asosida olib boriladi.
Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.
Telefonlar: (90) 914-98-67
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog’ishamol 223.
Hujjatlar 2019 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.