Qonunchilikka ko’ra (http://lex.uz/docs/3646570), test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abiturientlar 21 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo’lgan muddatda apellyaciya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyaciya shikoyatini berish huquqiga ega.
Shundan so’ng abiturientga habarnoma yuborilishi, bunda u habarnomada belgilangan kunda pasporti va abiturient ruhsatnomasi bilan kelishi shart.
Shikoyat apellyaciya komissiyasi tomonidan abiturient ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko’rib chiqiladi.
Abiturientga javoblar varaqasi nushasi, test topshiriqlari noto’g’ri bajarilgan javoblar ro’jhati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abiturient har bir noto’g’ri test topshirig’iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.
Komissiya apellyaciya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi hamda abiturient murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko’chirma.