• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26
Uzbek
Русский
Английский
Узбекский

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Bosh sahifa > Yangiliklar > Ta`lim krediti. U qanday olinadi?


Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng barcha sohalarda bo`lgani kabi ta`lim sohasini ham tubdan isloh qilish, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsad qilib qo`yildi.
Mazkur sohani tubdan isloh qilish maqsadida, hukumatimiz tomonidan O`zbekiston Respublikasi "Ta`lim to`g'risida"gi qonunining talablariga muvofiq holda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta`lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, oliy ma`lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytiriш maqsadida esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi "Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g'risida"gi 318-sonli qaroriga muvofiq, "Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g'risidagi Nizom" tasdiqlandi.
Tijorat banklari tomonidan ta`lim kreditlari berish ularni qaytarish, to`lovning ta`minlanganligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ta`lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta`lim muassasalarining kunduzgi bo`limlariga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan talabalarning o`qishi uchun talabalarning o`zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan ta`lim kreditlari, oliy ta`lim muassasalarida o`qish davrи hisobga olingan holda, bakalavriyatga o`qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o`qishga qabul qilingan talabalarga esa 5 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.
Mazkur Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta`lim kreditlari bo`yicha: chin etimlargа, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga  nol' foiz stavkasi (foizsiz kredit);
talabalarning qolgan toifalariga  O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo`lmagan o`zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq, ta`lim kreditlari bo`yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo`shiladigan foizlar uchun to`lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga qarab o`zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerakligi belgilangan.
Kam ta`minlangan oilalardan bo`lgan talabalar uchun kredit bo`yicha qo`shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg'armasi mablag'laridan to`lanadi.
Ko`rsatib o`tilgan imtiyozga huquqli bo`lgan oilalar Kam ta`minlangan oilalarni hisobga olish va ularga moddiy yordam tayinlash va berishning amaldagi tartibiga muvofiq fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.
Ta`lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to`lash ta`lim muassasasiga o`tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta`lim muassasasida o`qishning ta`limnи ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so`ng, ayrim kurslarda takroran o`qish muddati hsobga olinmasdan, uch oy o`tgandan so`ng boshlanadi.
Talaba muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan davrda ta`lim kreditlari uchun foiz stavkalari hisoblanmaydi.
Ta`lim kreditlari, qoidaga ko`ra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.

Ta`lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ta`lim krediti berish to`g'risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta`lim muassasasi o`rtasidagi to`lov-kontrakt asosida o`qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o`qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to`lov miqdori ko`rsatilgan bo`lishi lozim. O`qish uchun to`lov miqdori keyingi yillarda o`zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta`lim muassasasi o`n kun muddatda bankka yozma ravishda ma`lum qiladi, so`ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta`lim muassasasi o`rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o`zgartirishlar kiritiladi;
v) fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to`g'risida berilgan ma`lumotnoma;
g) kreditni qaytarishning ta`minlanishi to`g'risida hujjat;
d) imtiyozli ta`lim kreditlari olish huquqiga ega bo`lgan chin etimlar, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar tegishlи tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko`rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko`chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
Olingan kredit qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta`minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim, uning amalga oshirilishi unga qo`yilgan asosiy talab hisoblanadi:
mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlarni garovga qo`yish;
bankning kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug'urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug'urta qilinganligi to`g'risidagi sug'urta polisi;
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin etimlar va "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).
Bank qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun taqdim qilingan ariza va boshqa hujjatlarni o`rganib chiqadi.
Agar kreditni qaytarish ta`minlanishi sifatida kafolat yoki kafillik shartnomasi taqdim qilingan bo`lsa, bank garant va kafilning moliyaviy ahvolini baholaydi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz oluvchi va oliy ta`lim muassasasi o`rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kam ta`minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o`qishi uchun ta`lim kreditlari berish uchun har bir tomonning mazkur Nizomdan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari aniq belgilangan holda bank, qarz oluvchi, oliy ta`lim muassasasi va Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg'armasi o`rtasida ko`p tomonlama kredit shartnomasi tuziladi.
Tijorat banklari qarz oluvchi tomonidan ta`lim krediti berishni so`rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan to`la hujjatlar to`plamini 10 ish kuni mobaynida ko`rib chiqishi va kredit shartnomasini imzolashi yoki  kredit berilmasligi to`g'risida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko`rsatilgan yozma xulosa berishi lozim.
Ta`lim krediti qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan uning shaxsiy yozma topshirig'i asosida oliy ta`lim muassasasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga mablag' o`tkazish yo`li bilan beriladi.
Ta`lim kreditlari bo`yicha mablag'lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o`qish uchun yillik to`lovning to`liq miqdorini ikki teng qismga bo`lish yo`li bilan o`tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o`qiganlik uchun boshlang'ich to`lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar' yilning 15 martigacha to`lanadi.
O`qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to`lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr' va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to`lanadi.
Foizlar qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda to`lanadi.
Kam ta`minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o`qishiga ta`lim kreditlari uchun foizlar qarz oluvchi va jamg'arma tomonidan har oyda, hisoblangan foizlar summasining 1/2 qismi bo`yicha teng ulushlarda to`lanadi.
Jamg'arma hisoblangan foizlar summasini to`lov topshiriqnomasi bilan bank bildirishnomasi olingandan keyin uch ish kuni mobaynida o`tkazadi.
Ta`lim krediti berilgandan so`ng bank kredit ta`minlanishi bo`yicha shartnomada ko`rsatilgan tartibda monitoring olib boradi.
Boshqa kredit turlari qatori ushbu ta`lim kreditini ham qarz oluvchi kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarishga haqlidir.
Hukumatimiz tomonidan ushbu ta`lim kreditini amaliyotga keng tatbiq etilishi, yoshlarning oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishga bo`lgan ishtiyoqini oshishiga, ayniqsa, boquvchisini yo`qotgan chin etimlarni va "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarni hamda bolalikdan I va II guruh nogironlarni, shu bilan birga kam ta`minlangan oilalardan chiqqan talabalarning ta`lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish va ularning ota-onalarini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga zamin yaratди.
Hukumatimiz tomonidan yoshlarimizning keng bilim olishlari uchun ularga va ularning ota-onalariga ijtimoiy hamda iqtisodiy  yengillik yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun (o`zininг o`qishi yoki yigirma olti yoshga to`lmagan farzandlarining o`qishi uchun) yo`naltiriladigan summalari daromad solig'iga tortilmasligi belgilab qo`yildi.










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Топ рейтинг www.uzЯндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi