• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Bosh sahifa > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturini tasdiqladi.


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturini tasdiqladi.

 

18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi to’g’risidagi Qarorini imzoladi.

Qarorda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash nazarda tutilgan. 

"Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

-keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish;

-keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qo‘shgan 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, birinchi navbatda, yolg‘iz qariyalar va nogironlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan ta’minlash uchun mahallalar, "Nuroniy" jamg‘armasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash miqyosini oshirish;

-faxriylar va yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini ko‘paytirish, ko‘rish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda ta’minlash, keksalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriya-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;

-mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shgan, sog‘lom va barkamol unib o‘sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulug‘ insonlarning o‘rni va obro‘sini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘usi ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;

-har bir keksaga har tomonlama e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi bo‘yicha klublar tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarda yoshi ulug‘ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus ko‘rsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini ko‘paytirish;

-mahallalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat ko‘rsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish.

Hujjatda Respublika komissiyasi quyidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashi belgilangan:

-bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin va ularning zimmasiga Davlat dasturida belgilangan vazifalarni so‘zsiz, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklash;

-ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punktlarining “Keksalarni e’zozlash yili” bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlash;

-respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari darajasida tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirsin va ushbu tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish;

-har chorak yakunlari bo‘yicha “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berib borish.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan:

-bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi o‘rtasida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng ko‘lamda yoritilishini;

-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni ta’minlash belgilangan.










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi