2 fevral kuni professor Yun ToshPTI rektori, professor B.T Daminov bilan uchrashdi. Keyingi hamkorlik sohalari, masofaviy ma'ruzalar va master-klasslarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va Sent-Vinsent Klinikasi o'rtasida akademik faoliyatni, shuningdek, xalqaro almashinuvni oshirishga kelishib olindi. Yil oxiriga qadar mahalliy va xorijiy jurnallarda birgalikda ilmiy maqolalar chop etilishi rejalashtirilgan.