Toshkent pediatriya tibbiyot institutining anjumanlar zalida kafedra a'zolari, akusher-ginekologlar, magistrlar, talabalar ishtirokida Professor Yun tomonidan mahorat darslari o'tkazildi. "Bachadon transplantatsiyasining dolzarb masalalari" mavzusidagi ma'ruza. Ta'kidlash joizki, ushbu ma'ruza mamlakatimizda juda dolzarb bo'lib, ilk marotaba O'zbekiston Respublikasida muhokama qilindi. Ma'ruzadan so'ng munozaralar bo'lib o'tdi, savollarga javoblar topildi. Ushbu yo'nalishda hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. 2019 yil 2 fevral professor Yun Singl port histerektomiyasi bo'yicha master-klass o'tkazdi. Bu operatsiya non-invaziv jarrohlikning innovatsion usuli hisoblanadi. "BUMI", "Lapix", "Single port adapter" tibbiy asbob-uskunalari O'zbekistonda birinchi marta namoyish etildi. Operatsiya talabalar va klinikalar uchun zalda efirga uzatildi.