2019 yil 6 mart kuni ToshPMI Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida "Bolalarda xirurgik kasalliklar va rivojlanish nuqsonlarini davolashda zamonaviy yondoshuvlar va davo taktikasini tashkillashtirishning dolzarb tendensiyalari" mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor N.Sh.Ergashev o‘qidi. Ma’ruzada magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va II-Pediatriya fakultetining 601, 602, 603, 604-guruh talabalari ishtirok etishdi.