Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusining mazmun-mohiyatini yoshlar va institut talabalariga tushuntirish maqsadida seminar bo'lib o'tdi.
Tadbirda ToshPTI yoshlar ishlari bo'yicha prorektori M.A. Axmedova, professor-o'qituvchilar, talabalar, institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti vakillari va "Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti ko'ngilli yoshlar jamiyati" faollari ishtirok etdilar.
Seminarni ToshPTI yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori - Axmedova M.A. olib boridi. U yoshlarga Yurtboshimizning har bir tashabbusining mazmun-mohiyatini tushuntirdi va ularni universitetning yosh avlodi tomonidan amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonda davlatni rivojlantirishning muhim masalalarini qamrab olgan "Shavkat Mirziyoyevning beshta tashabbusi" loyihasi amalga oshirilmoqda.
5 ta tashabbus o'zi nima va loyihada qanday maqsadlar qo'yilganligini infografikadan ko'rishingiz mumkin.