2019 yil 7-11 oktabr kunlari Erasmus+ KA1 E Xalqaro Kredit Mobil tizimi loyihasi bo’yicha Sannio Universitetiga (Italiya) tashrif bo’lib o’tdi. ToshPTI vakillari sifatida I.P.Vihrov (Bo’lim boshlig’i) va D.K. Mo’minov (Terapiya kafedrasi assistenti) ishtirok etdilar. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad Benevento shahrining (Italiya) qator tashkilotlari va O’zbekistonning oliy ta’lim muassasalari o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi Memorandumni imzolash bo’ldi.
Italiya va O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo’yicha asosiy tashabbuskorlar sifatida qo’shma loyihalar yuritishda 5 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan Sannio Universiteti va ToshPTI qatnashdilar.
Quvonarlisi shuki, Benevento shahridagi “San-Pio” davlat shifoxonasida O’zbekistonlik shifokorlarning malakasini oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan loyiha ishtirokchilarning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi va YeI grantlari bunga jalb etilmaydi. Bu to’g’ridan-to’g’ri loyihaning barqarorligi va Italiyalik hamkorlarning O’zbekistondagi meditsina rivojiga hissa qo’shishga bo’lgan xohish-irodasini bildiradi.
ToshPTI shifokorlarining San-Pio shifoxonasida malakasini oshirish bo’yicha qo’shma loyihasining o’ziga xosligi shundaki, loyihani moliyalashtirishga shifoxona ma’muriyati va Sannio Universitetidan tashqari shifoxona yonida joylashgan o’z Akademiyasiga tegishli bo’lgan mehmonxona turidagi umumiy turar joyida yashash uchun bepul joy taqdim etuvchi Benevento shahri Katolik Cherkovi rasmiy vakillari ham jalb etilgan. Qolaversa, shifoxonada malaka oshirish kurslariga ishtirokchilarni tanlash jarayonida ayol shifokorlarga alohida e’tibor qaratiladi, va bu jinsiy tenghuquqlikka hissa qo’shadi. Shu tarzda O’zbekiston va Italiya o’rtasida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o’zaro madaniy hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, har ikki taraf bir-biriga bo’lgan xurmatini va ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga tayyorliklarini bildirdilar, va 2019 yil noyabr oyida Italiyalik professorlarning ToshPTIga tashrifi kutilmoqda.
Igor Vihrov