• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Yangiliklar > Yangiliklar > Shavkat Mirziyoyev 2017 yilga "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deya nom berdi


07.12.2016  

Poytaxtimizdagi Xalqaro forumlar saroyida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

1992 yil, 8 dekabr. 12 chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining 11 sessiyasida mamlakatimiz Bosh qomusi, O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan. Ushbu sana shubhasiz, zamonaviy O'zbekiston tarihiga  zarhal harflar bilan bitilgan. Mazkur hujjatda demokratik prinsiplar, xalqimizning bebaho qadriyatlari va davlatchiligimiz tajribalari aks ettirilgan.Asosiysi Konstitutsiyamizda inson uning sha'ni, qadr- qimmati, huquqlari va erkinliklari oliy kadriyat sifatida belgilangan.

Tantanali marosim O'zbekiston madhiyasi  bilan boshlandi. Marosimda O'zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizni  vatanimiz hayotidagi qutlug' sana, O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida Bosh qomusimizning ahamiyati, davlat va jamiyat hayotidagi tutgan o'rniga to'xtalib o'tdi.O'zbekiston o'z mohiyatiga ko'ra, xalqning o'zini-o'zi boshqarish, erkinlik va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik davlat barpo etish to'g'risidagi azaliy orzularini ifodalaydi.O'zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asosiy qomusimizni ishlab chiqishda ulug' yo'lboshchimiz, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning  xizmatlarini alohida   e'tirof etdi.

Mustaqil davlatchilik asoslari, erkin bozor munosabatlari, kuchli fuqarolik jamiyati, xalq uchun munosib hayot qurish kafolatlari bularning barchasiga O'zbekiston Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy poydevori yaratdi. Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan  islohatlar unda belgilangan huquqiy normalarga asoslanadi. Ayni shu jihatda buyuk davlat arbobi Islom Karimovni Konstitutsimiz muallifi deyishga barcha asoslar bor, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mustaqillik yillarida Bosh qomusimiz asosida 400 ga yaqin qonunlar qabul qilindi. Ular inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Ammo, bu qonunlar islohatlar samarasiga yetarli darajada ta'sir qilmayapti. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ushbu qonunlarning roli pastligicha qolmoqda. Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida qonun ijodkorligi, ularning nazoratida senator va deputatlarning rolini kuchaytirish, normativ - huquqiy hujjatlarni kamaytirib, to'g'ridan to'g'ri ta'sir qiluvchi qonunlarni yaratish maqsadida Oliy Majlis huzurida ishlaydigan Vazirlar Mahkamasining doimiy vakilini tashkil etish bo'yicha taklif  bildirdi.

Shuningdek, u sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, advokatura instituti vakolatlarini kengaytirish, korupsiyaga qarshi kurash, xalqning davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchini oshirish yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalarni birma bir sanab o'tdi.

Qolaversa, yakunlanayotgan “Sog'lom ona va bola yili” munosabati bilan davlat dasturi doirasida amalga oshirigan ishlar sarhisob qolindi. Dasturda belgilangan vazifalar ijrosiga 7 trln. 480 mlrd. so'm va 180 mln. AQSH dollari sarflandi. Ushbu mablag'lar hisobidan ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, tibbiyot muassasalarining moddiy texnika bazasini kuchaytirish, oila institutining qonunchilik asoslarini mustahkamlash yo'lida muayyan ishlar bajarildi. Ammo shunga qaramasdan joylarda tibbiyot tizimida muammolar ko'p. Shu bois ham tibbiyot sohasini isloh qilishga qaratilgan 5 ta qaror tayyorlanayotganligi qayd etildi.

Inson manfaatlarini ta'minlash, bugungi kun tartibidagi asosiy masala. Bu borada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish zarur, deydi Shavkat Mirziyoyev.  Xalqning dardini eshitish, bu borada yondoshuvlarni tubdan o'zgartirish, davlat idoralarining aholi oldida hisob berish tizimini yaratish, har bir tuman va shaharda xalq qabulxonalarini tashkil etish etish bo'yicha amaliy takliflar ilgari surildi. Aynan shu masalalar kelayotgan 2017 yil uchun muhim vazifa sifatida belgilandi.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev 2017 yilga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nom berdi. Bu bilan xalq davlat organlari uchun emas, davlat organlari xalq uchun ishlaydigan vaqt yetdi. 2017 yilga mana shunday ezgu va oliy maqsadlar bilan qadam qo'ymoqdamiz. Belgilangan rejalar xalqimizning orzu intilishlari ifodasidir.

 Konstitutsiyamizning 24 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tantanali marosimdan so'ng O'zbekiston san'ati ustalari ishtirokida adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Unda o'zbek adabiyoti, san'ati va madaniyati rivojiga o'zining munosib xissasini qo'shgan buyuk shoir va adiblarning she'r va g'azallaridan parchalar o'qildi.

Vatan yagona, Vatan muqaddas. Bundan 25 yil avval yo'lga chiqqan qarvon o'z yo'lidan adashmaydi. Bu karvon buyuk maqsadlarni ko'zlagan. Yurt tinchligi asrash, xalq farovonligini ta'minlash bundan keyin ham bosh maqsadimiz bo'lib qoladi. Konsertda el suygan san'atkorlar tomonidan vatanni, oqko'ngil va mehnatsevar xalqni ulug'lovchi, O'zbekistonni madh etuvchi kuy -  qo'shiqlar ijro etildi.










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi