• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Prezidenti mamlakat xalqini Navro‘z bilan tabrikladi


14900179781

20 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti mamlakat xalqini Navro‘z bilan tabrikladi.

 Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga, barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan, kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni, chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Muhtaram do‘stlar!

Bu yilgi Navro‘z bayrami, barcha shahar va qishloqlarimizda, umumxalq sayillari tarzida o‘tayotgani, unga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishlamoqda.

Navro‘z ruhi va falsafasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning g‘oya va maqsadlari bilan uyg‘un va hamohang ravishda namoyon bo‘lmoqda. El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog‘ va maydonlarda Navro‘z bayramini shodu xurramlik bilan nishonlamoqdalar. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar. Shu yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqdalar. Barchamiz ularni chin dildan tabriklab, yilimiz qutlug‘ kelsin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, deb eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Navro‘zi olam Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayramdir.

Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, o‘zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!  Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin! 

Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Navro‘z bayrami, barchamizga muborak bo‘lsin! 

 










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi