• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Yangiliklar > Yangiliklar > 9 may kuni Toshkent shahrida bayram salyuti tashkil qilinadi


9 may kuni  Toshkent shahrida bayram salyuti tashkil qilinadi

df0vF013364541182525_b

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi har bir urush qatnashchisi va mehnat fronti faxriysi, xizmat burchini bajarishda halok bo‘lganlarning oilalarini qamrab oladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan Xotira va qadrlash kuniga (9 may) bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha dasturni tasdiqladi.

Hujjatda 1941−1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish choralari belgilangan.

«Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira - kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi - muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr - insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi», - deyiladi hujjat matnida.

«Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash - odamiylikning eng oliy me’zoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir», - deya qayd etiladi qarorda.

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchilik qiladigan ishchi komissiya Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni «Qahramonlik, burch va fidoyilik» hamda «Ajdodlarni xotiralash - muqaddas qadriyat» shiorlari ostida yuqori saviyada o‘tkazishga mas’ul etib belgilandi.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilib, ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va ko‘nglini ko‘tarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etish belgilandi.

Dasturda yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlariga turar joy ajratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish davomida 1941−1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ko‘rsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tushuntirish, targ‘ib va tashviq etish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

1941−1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.

viloyat, shahar va tumanlarda ko‘cha va maydonlar Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bezaladi. Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qo‘shiq va musiqalari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratiladi.

Mudofaa vazirligiga Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 9 may soat 21:00 da bayram salyutini tashkil qilish topshirildi.

14913186181

 










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi