Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2018 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda institut rektori prof. B.T.Daminov, barcha prorektorlar, fakul‘tetlar dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminarlar kafedralarda davom ettirilmoqda.