• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Yangiliklar > Yangiliklar > Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo’yicha «Taraqqiyot» respublika tanlovi


Joriy yilning 30 may kuni “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3755-sonli Prezident Qarori qabul qilindi. Hujjatda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida kadrlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish ko’zda tutilgan. Mazkur qarorga ko’ra Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Buyuk kelajak” Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining har uch yilda perspektiv boshqaruv kadrlarini saralash bo’yicha “Taraqqiyot” tanlovini o’tkazish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.

Tanlov natijalari bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlarning va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali kadrlari aniqlanib, rag’batlantiriladi. Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan (45 yosh ham qo’shilgan holda) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g’oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to’lanadi. Bunda final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

Tanlov g’oliblari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka o’tashni o’z ichiga oladigan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo’yicha Prezident dasturi»ga muvofiq uch oylik kurslarda o’qiydi. So’ng tegishli yo’nalishlar bo’yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Tanlov to’rt bosqichda o’tkaziladi:

- tashkiliy bosqich (1-bosqich);

- onlayn tanlov (2-bosqich);

- 1-bosqichdan o’tish (3-bosqich);

- final (4-bosqich).

Ro’yhatdan o’tish jarayoni

1-bosqich - veb-saytda ro’yxatdan o’tish.

Tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan o’zbekiston respublikasi fuqarolari tanlov veb-portalida ro’yxatdan o’tib, ishtirok etishi mumkin.

Veb-portalda ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilar tanlovning o’tkazish qoidalari bilan tanishganligini va roziligini tasdiqlaydi. har bir ishtirokchi bir marta va bitta nominaciya bo’yicha ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

2-bosqich - anketa to’ldirish:

onlayn ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilar tanlovda ishtirok etish uchun anketalarni veb-portalda to’ldiradi.

Tanlov ishtirokchilari o’zlari tomonidan taqdim etilgan anketa qaysi nominaciyaga tegishli bo’lishini mustaqil ravishda belgilaydilar. Anketa ko’rib chiqilayotganda ishchi guruh vakillari nomzodlarga nominaciyani o’zgartirishni tavsiya etish huquqiga egadir. Tanlov ishtirokchilari so’rovnomada belgilangan shakldagi ishonchli ma’lumotni ko’rsatishlari shart. Anketada noto’g’ri ma’lumotni kiritish ishtirokchini tanlovdan chetlatishga sabab bo’lishi mumkin.

3-bosqich - 1-turdan o’tishi

Ishtirokchilarning anketalarini o’rganish hamda ularning aqliy salohiyati (iq-test), psixologik barqarorlik va xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash. Veb-portalda testdan o’tkazish natijalari va saralanganlar ro’yxati e’lon qilinadi. CEFR bo’yicha v2, IELTS bo’yicha 5,5 ball va TOEFL bo’yicha 72 balldan kam bo’lmagan xorijiy tilni bilish darajasi rasmiy tasdiqlanganligi haqidagi amaldagi xalqaro sertifikatlarga ega bo’lgan ishtirokchilar xorijiy tillarni bilish darajasi bo’yicha testlardan ozod qilinadi. Ushbu ishtirokchilarga tanlovda maksimal ball beriladi.

4-bosqich - 2-turdan o’tishi

Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda islohotlardan xabardorlik darajasini aniqlovchi test sinovlarining yakuniy natijalariga asoslanib, o’tish balli belgilanadi. O’tish ballini to’plagan ishtirokchilarga keyingi tanlov turida ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi.

Tanlovning veb-portalida keyingi tanlov turida ishtirok etuvchilar ro’yxati, o’tkazish kuni va joyi e’lon qilinadi.

Komissiya xaqida

O’zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. tanlovning xolisona va shaffof o’tkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qo’yiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi