• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Yangiliklar > Yangiliklar > Shavkat Mirziyoev o`qituvchi va murabbiylarga tabrik yo`lladi


O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylariga tabrik yo`lladi.

Prezident

Muhtaram ustozlar!

Qadrli do`stlar!

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o`z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag`ishlagan barcha yurtdoshlarimizni
1 oktyabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Buyuk ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog`liq” degan so`zlari sizlarning mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir, desak, o`ylaymanki, adashmagan bo`lamiz.

Haqiqatan ham, biz o`zimizdagi jamiki yaxshi fazilatlar, hayotda erishayotgan barcha yutuqlarimiz uchun siz, azizlardan umrbod qarzdormiz.

Ushbu qutlug` ayyomda sizlarning sha`ningizga eng go`zal so`zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, barchamizning kamol topishimiz, jamiyatda munosib o`rin egallashimizda bor bilim va tajribasini, qalb haroratini baxsh etib kelayotgan mehridaryo ustozlarimizga chin yurakdan minnatdorlik bildiramiz.

Hurmatli do`stlar!

Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta`lim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir.

Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan e`tibor qaratilmoqda.

Bu haqda gapirganda, oxirgi vaqtda mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim qarorlar haqida alohida to`xtalishni o`rinli, deb bilaman.

Avvalo, 2017 yil 30 sentyabrda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta`lim vazirligi tashkil etildi. Shu asosda o`tgan qisqa davrda ushbu tizim tubdan yangicha negizda tashkil etilgani, 980 dan ortiq bog`cha qurilib, ishga tushirilgani, bu maskanlarda ta`lim-tarbiya ishlari mazmun va sifat jihatidan eng ilg`or usul va vositalar yordamida olib borilayotganini qayd etish lozim.

Yana bir muhim hujjat – 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan Prezident qaroriga binoan boshlang`ich va yuqori sinf o`qituvchilarining maoshlari tenglashtirildi, yangi yildan boshlab mutaxassis o`qituvchilarning oshirilgan oylik ish haqi miqdori 54 foizga, oliy toifali pedagoglarniki esa 64 foizga etishi ko`zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, pedagog xodimlarni namunaviy arzon uy-joylar, avtotransport vositalari bilan ta`minlash maqsadida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar berish, ularning oila a`zolariga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yo`lga qo`yildi.

Ana shu ishlarning davomi sifatida shu yil
 5 sentyabrda qabul qilingan “Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni soha taraqqiyotida yangi ufqlar ochib beradi, deb o`ylayman.

Farmonda, jumladan, xalq ta`limi muassasalarini boshqarish tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik va o`quv-metodik bazasini mustahkamlash, nodavlat umumta`lim maskanlari tarmog`ini yanada rivojlantirish, “Zamonaviy maktab” davlat dasturini tayyorlash, ishlab turgan pensioner o`qituvchilarga pensiyalarini to`liq miqdorda to`lash kabi masalalar aniq belgilab qo`yilganidan sizlar albatta xabardorsiz.

Ta`kidlash joizki, mamlakatimizda oliy ta`lim tizimini rivojlantirishga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yangi oliy o`quv yurtlari bilan birga chet eldagi nufuzli universitetlarning filiallari ochilmoqda, oliy ta`lim muassasalariga qabul kvotalari oshirilmoqda, ko`pgina yo`nalishlar bo`yicha sirtqi bo`limlar faoliyat ko`rsatmoqda.

Bularning barchasi ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati va darajasini zamon talablari asosida tubdan yaxshilash, zahmatkash ustozlarimiz, mazkur sohada faoliyat ko`rsatayotgan barcha fidoyi insonlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir.

Yurtimizda joriy yil Investisiya dasturi doirasida 356 ta ta`lim muassasasida 684 milliard 700 million so`mlik, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo`yicha esa 371 ta umumta`lim maktabida 424 milliard so`mdan ziyod qurilish-rekonstruksiya va ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu haqda so`z yuritganda, shu yil avgust oyiga qadar davlat byudjetidan 12 trillion 366 milliard so`m yoki yalpi xarajatlarning 26 foizdan ziyodi aynan ta`lim-tarbiya sohasiga yo`naltirilganini hisobga oladigan bo`lsak, ushbu tizimdagi islohotlarimizning ko`lami va miqyosi yanada yaqqol ayon bo`ladi.

Albatta, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ana shunday ulkan ishlarning amaliy ta`siri va natijadorligini ta`minlashda o`qituvchi va murabbiylarning o`rni va roli beqiyos ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.

Shuning uchun ham yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida, zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallagan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli insonlar etib voyaga etkazishda avvalo sizlarga tayanamiz.

Ayniqsa, butun dunyoda murakkab va tahlikali vaziyat hukm surayotgan hozirgi vaqtda yoshlar hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarning oldini olish, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashishda sizlarning ibratli faoliyatingiz ulkan ahamiyatga ega.

Shu boradagi o`ta mas`uliyatli vazifalar sizlardan o`z ustingizda tinimsiz ishlash, farzandlarimizni yangicha tafakkur, yuksak insoniy tuyg`ular bilan oshno etish, ularda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini uzluksiz rivojlantirib borishni talab etmoqda.

Ishonchim komil, millati, tili va dinidan qat`i nazar, Vatanimizning har bir farzandini o`z bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun sidqidildan mehnat qilayotgan siz, hurmatli O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylari bu vazifalarni albatta sharaf bilan ado etasiz.

Bu yo`lda sizlarni doimo qo`llab-quvvatlash, barcha zarur sharoitlarni yaratib berish uchun davlatimiz va jamiyatimiz o`zining bor kuch va imkoniyatlarini bundan buyon ham ayamaydi.

Aziz va muhtaram ustozlar!

Barchangizni bugungi umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Olijanob va mas`uliyatli faoliyatingizda kuch-g`ayrat, yutuq va omadlar, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman

Hech qachon kam bo`lmang, mehribon ustozlar!










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi