• Institut
    • ToshPTI matbuot-xizmati
    • Institut nizomi
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Ilmiy Kengash
    • ToshPTIning Nukusdagi filiali
    • ToshPTI tarkibiy tuzilmasi
    • ToshPTI xaritada
  • Ta`lim
    • Test markazi
    • O’quv-uslubiy bo’lim
    • Dekanat
    • Texnik ta’minot bo’limi
    • Fakultetlar
    • Magistratura bo’limi
    • Universitetgacha bo’lgan ta’lim
    • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakul’teti
    • Axborot-resurslari Markazi (ARM)
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi
    • Malakaviy imtihon
    • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to’plami
    • Bitiruvchilar klubi
    • Istiqboldagi rejalar
    • Ustoz va shogird
    • Klinik ordinatura bo’limi
    • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Axborot texnologiyalari markazi
    • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
    • “Pediatriya” jurnali nashri
    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
    • Doktorantura
    • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Ma`naviyat va Ma`rifat
    • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Isloh‘otlar oliy ta‘lim muassasasi nigohida
    • Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    • Kasaba uyushmasi
    • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
    • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
    • Xotin-qizlar qo’mitasi
    • “Pediatr” gazetasi
  • Moliyaviy faoliyat
    • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
    • Reja-iqtisod bo’limi
    • Hisobxona
    • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi
    • Marketing bo’limi
    • Devonxona
  • Davolash bazalari
    • Sport majmuasi
    • ToshPTI klinikasi
    • Bosh sahifa
    • Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Informatika va informatsion texnologiyalar kursi
    • O`quv va o`quv-metodik ishlari
    • Kafedra haqida
    • Yuklab olish
    • Litsey rahbariyati
    • Abiturientlarga
RSS Icon TPTI Interaktiv xizmatlar webportali TPTI Moodle tizimi
(+998 71)260-31-26

Toshkent Pediatriya

Tibbiyot Instituti

gerb_uzb flag_uzb gimn_uzb
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Galereya
    • Video yangilliklar
  • Fakultetlar
    • I- Pediatriya fakulteti
    • II – Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
    • Tibbiy-pedagogik va davolash ishi fakulteti
  • Xorijiy talabalar
    • ToshPTI da ta’lim olayotgan chet ellik talabalar haqida ma’lumotlar
    • Xorijiy talabalar to’lov-kontrakt miqdori
    • Xorijiy talabalarni xavfsizligi to´g´risida ma´lumot
    • Xorijiy talabalar turar joylari to´g´risida ma´lumot
    • TashPMI to’g’ risida videorolik va broshyuralar
  • Ta'lim sifati bo'yicha takliflar
    • Talabalar uchun
    • O'qituvchilar uchun
    • Bitiruvchilar uchun
    • Ota-onalar uchun
    • Ish beruvchilar uchun
  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
    • Maqsadi
    • Ro'yxatdan o'tish
    • Mutahassislik bo'yicha yuklab olingan ma'lumotlar
  • Me'yoriy huquqiy hujjatlar
    • Oliy ta'lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
    • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlari
    • Prezident farmon va qarorlari
Yangiliklar > Yangiliklar > Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh direktori bilan uchrashdi


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktabr kuni Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

YuNeSKO

BMTning ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti - YUNESKO 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Uning asosiy maqsadi ta`lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko'maklashishdir. Norasmiy ravishda «BMTning aql laboratoriyasi» deb ataladi. Javoharlal Neru o'z vaqtida YUNESKOga «insoniyat vijdoni» deb ta`rif bergan.   

Bugungi kunda tashkilotga 195ta mamlakat a`zo hisoblanadi. O'zbekiston YUNESKOga 1993 yil 26 oktabrda a`zo bo'lgan. 

Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrif YUNESKOdagi uchrashuvdan boshlangani chuqur ma`no va muhim ahamiyatga ega ekanini, O'zbekistonning ushbu tashkilot bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini ta`kidlagan.

Odri Azule O'zbekiston rahbarini tashrifi bilan samimiy qutlab, O'zbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv g'oyat muhimligini qayd etgan.

O'zbekiston YUNESKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan. Ushbu tashkilot bilan birgalikda xalqaro miqyosda Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Farg'oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod, qadimiy shaharlar Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg'ilon va Toshkent, «Alpomish» dostoni va «Avesto» kitobi, shuningdek, Xorazm Ma`mun akademiyasining yubileylari keng nishonlandi. Buxoro shahri tashkilotning «Tinchlik tarafdori bo'lgan shaharlar» sovrini bilan taqdirlangan.

Usmon Mashafi va Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar to'plami YUNESKOning «Jahon xotirasi» ro'yxatiga kiritilgan.

Xivadagi «Ichan qal`a» majmuasi, madaniyatlar chorrahasi -  Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. 

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navro'z, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan. 

O'zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi o'zbek musiqiy madaniyatini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirishga ham xizmat qilmoqda. Xususan, YuNeSKO ko'magida Samarqand shahrida har ikki yilda bir marta «Sharq taronalari» xalqaro festivali o'tkazib kelinmoqda. Joriy yil sentabr oyida Shahrisabzda ilk bor Xalqaro maqom san`ati forumi o'tkazildi.  

O'zbekiston rahbarining yaqinda qabul qilingan qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasining YUNESKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi ta`sis etildi.

Ta`lim sohasidagi hamkorlik ham istiqbolli va muhimdir. O'zbekiston «Jaholatga qarshi ma`rifat» g'oyasi asosida jismoniy va ma`naviy barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan siyosatni amalga oshirmoqda. 

O'zbekiston rahbari o'tgan yil sentabr oyida BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi va Bosh Assambleyaning «Ma`rifat va diniy bag'rikenglik» nomli rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi. 

YUNESKO Bosh direktori O'zbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bag'rikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulug'bek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasini tuzish bo'yicha tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019 yilda Toshkentda «Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida» mavzuida Osiyo forumini o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Bosh direktor O'zbekistonning butun insoniyat boyligi bo'lgan madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi siyosatini yuksak baholadi.   

Uchrashuv so'ngida Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule O'zbekiston bilan YUNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKOning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.










Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar,Yunusobod tumani
Bog`ishamol ko`cha 223
Telefon: 8-371-260-31-26
Faks: 8-371-260-31-26
E.manzil: mail@tashpmi.uz
Biz xaritada
Яндекс.Метрика

Ilmiy faoliyat

  • "Ilm-fan 2020" milliy rivojlantirish dasturi
  • Bitiruvchilar klubi
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi
  • Xalqaro aloqalar bo’limi
  • Axborot texnologiyalari markazi

Ma`naviyat va Ma`rifat

  • O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • O’qituvchilar va trenerlar kengashi
  • Xotin-qizlar qo’mitasi
  • Kasaba uyushmasi

Yordamchi xizmatlar

  • O’quv laboratoriya jixozlari hamda moddiy texnik bazasi to’g’risidagi ma’lumot
  • Reja-iqtisod bo’limi
  • Hisobxona
  • Marketing bo’limi
  • Injeneriya va iqtisodiy xizmatlar bo’limi