Yig‘ilishni kafedra mudiri, professor D.I. Axmedova olib bordi va yig‘ilish katnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan taqdimot qilib tanishtirdi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri professor D.I. Axmedova Germaniya davlati Ulm shaxri Universitet klinikasidan kelgan professorlar bilan tanishtirdi: professor Maykl Layxsenring, assistent Sandra Kans, doktor Kristin Keppler Shormlar. Bular “Nafas yo‘llari kasalliklarida fizioterapiya usullari” mavzusida prezentatsiya qilishdi. Bunda 2-pediatriya fakultetini 613-614-615-gurux talabalari, kafedra magistrlari qatnashishdi.