2018 yil 27 oktyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida: “Nevrologiya yuksalish yo’lida. Chet elda yurtdoshlarimizning tajribasi” mavzusida anjuman bo’lib o’tdi.
Anjuman davomida chet elda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz travmatolog-ortoped, professor Kuldjanov D.M., anestiziolog Dadabayev A.R., neyrofiziolog Azamov A.S.lar ma’ruza o’qishdi va tibbiyot sohasidagi tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.