6-kurs talabalari, magistratura rezidentlari va klinika ordinatorlar uchun "Bolalarda urologik kasalliklar" o‘quv qo‘llanmasi chop etildi. O‘quv qo‘llanma muallifi ToshPMI “Gospital bolalar xirurgiyasi” kafedrasi dotsenti I.K.Allaberganov.
O‘quv qo‘llanmada bolalarda uchraydigan siydik ajratish tizimining tug‘ma rivojlanish nuqsonlarining (buyraklar, siydik nayi, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali, jinsiy a’zolar) konservativ va jarrohlik davolanishiga bag‘ishlangan bo‘limlarni taqdim etilgan. Qo‘llanma 6-kurs talabalari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar uchun mo‘ljallangan. Talabalar o‘quv qo‘llanma bilan kafedra yoki institut kutubxonalarida tanishishlari mumkin.