Toshkent Davlat Stomatologiya institutida 07.01.2019 yil «Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish masalalariga innovatsion yondashuv» o‘quv-amaliy anjuman (хalqaro ishtirok bilan) tashkil qilinib, unda tibbiyot ta’limiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar muhokama qilindi. Konferensiyada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, jumladan “Pedagogika va psixologiya” kursi o‘qituvchilari Shoyimova Sh.S. va Mirzaeva Sh.R. ham faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandilar. O‘ylaymizki, kelgusida tibbiyot institutlariaro samarali hamkorlik yanada yuqori mahsuldorlik asosida yo‘lga qo‘yiladi.